20:04 / 25.04.2016
1627

Putin jurnalistlar kasbi borasida hazil qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yoshkar-Oladagi Umumrossiya xalq fronti forumida jurnalistlar kasbi borasida hazil qildi. Bu haqda RT telekanali saytida xabar berilgan.

Forum ishtirokchilaridan biri Putinga ishini o‘zgartirgani, ya'ni o‘qituvchilik kasbini tashlab, OAVda ishlashni boshlaganini aytgan. Putin bunday kasb o‘zgartirishni "pastlash" deb atadi, biroq bu so‘zlari ketidan tezlik bilan bu hazil ekanligini qo‘shimcha qildi.

"Siz o‘qituvchi bo‘lganmisiz? Keyin jurnalistmi? Qanday pastlash! Hazillashdim", deb kinoya bilan gapirdi Putin.

Uchta inqilob shahri deb nomlanadigan Sankt-Peterburgdagi avvalgi forumda ham Putin jurnalistlar haqida kinoya bilan gapirib, jurnalistlarning ishi natijasi 4-inqilobga olib kelmasligiga umid qilishini aytgandi.

Putin o‘sha forumda, shuningdek, hukumat erkin matbuot dushmani hisoblanmasligini aytgandi.

"Erkin matbuot faqatgina qalloblar, davlat boyligini talovchilar va jinoyatchilar uchun dushman bo‘lishi mumkin, xalq uchun xizmat qiladigan hukumat uchun esa bunday vaziyat bo‘lishi mumkin emas", deb ta'kidlab o‘tgandi Putin.

Umumrossiya xalq fronti hududlararo forumi 24 aprelda boshlandi. Tadbirda 20 mingga yaqin faollar qatnashgan so‘rovnomalar natijasi hamda prezidentning buyruq va topshiriqlari bajarilishi muhokama qilinmoqda.

Top