17:16 / 25.04.2016
8287

Tailandning g‘aroyib taqiqlari

Tailand – sayyoramizdagi eng mashhur sayyohlik makonlaridan biri hisoblanadi va buning ajablanarli tarafi ham yo‘q. Chunki faqatgina Tailandda timsohlar fermasida bo‘lish, budda ibodatxonalarini tomosha qilish va nihoyat Tailand oshxonasining ekzotik taomlarini tatib ko‘rish mumkin. Bu yerda bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan insonlarning barchasida Tailand o‘chmas taassurot qoldirgan. Lekin dunyoning har bir mamlakatida bo‘lgani kabi Tailand aholisining ham o‘ziga xos xususiyatlari va cheklovlari mavjud.

Xabardor.uz sayti sizlarni ushbu cheklovlarining ba'zilari bilan tanishtiradi.     


1. Yomon kayfiyatda bo‘lish

Agar siz Tailand aholisining “Nima bilan shug‘ullanishingdan qat'i nazar undan lazzat ol” kabi  asosiy tamoyiliga moslasha olsangiz, Tailand sizni mehmondo‘stlik bilan kutib oladi. Mahalliy aholi tongni tabassum bilan boshlaydi va ushbu yuzdagi ifodani kun davomida saqlaydi. Shuning uchun tailandliklar har qanday sharoitda ham tajovuzkorlik va noroziliklarni qabul qilmaydilar. Ma'lumki, o‘zbeklar shunchaki bekordan bekorga tabassum qilishga odatlanishmagan, ammo hamisha kulib turadigan qirollikda uydagi odatlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.


2. Fillardan qo‘rqish va ularga zarar yetkazish

Tailandda fillar muqaddas jonivor hisoblanib, ular davlat tomonidan himoya qilinadi. Bundan tashqari, oq fillar 88 yoshli qirol Rama IX ning shaxsiy mulki hisoblanadi. Butun mamlakat tarixi davomida ushbu bahaybat hayvonlar Tailand aholisiga sadoqat bilan xizmat qilgan. Hozirgi kundagi eng mashhur Tailand attraksionlaridan biri – bu fil xartumida uchishdir.  Pattayada esa fillar ishtirokida afsonaviy shoular ko‘rsatishadi. Masalan, ushbu shouda har qanday ko‘ngilli shaxsni fillar oyoqlari bilan massaj qilishadi. Bu yerda tajribali fil o‘rgatuvchilar xavfsizlikni ta'minlaydi. Bir nechta banan boshini sotib olishni unutmang, chunki fillar nihoyatda ochko‘z va berilgan hamma narsani paqqos tushiradi. Minnatdorchilik belgisi sifatida fil, albatta, yuzingizdan o‘pib qo‘yadi. 


3. Uyatchang bo‘lmang 

Tailandning janubi-sharqiy qismida joylashgan Pattaya kurort shahri o‘zida ko‘pgina sir-asrorlar va xavflarni saqlaydi. Namuna sifatida shaharning markazida joylashgan va Siam ko‘rfazi yonidan o‘tgan mashhur Uoking-strit maydonini ko‘rsatishimiz mumkin. Bu yerda doim sho‘x musiqa ostida milliy va zamonaviy kuylarga raqs tushish mumkin. Tailandliklar san'at turiga judayam ishqiboz, ayniqsa, bu musiqa bo‘lsa.


4. Ko‘chada pul ko‘rsatmang

Mamlakatda jinoiy harakatlar darajasi unchalik katta bo‘lmasa-da, Tailandda ko‘cha o‘g‘riligi yaxshi rivojlangan. Ko‘pincha kichik talonchiliklarni yoshlar va mototsikl haydab yuradiganlar sodir etadi. Qalloblar yonma-yon o‘tayotganda yo‘lovchi yelkasidagi xalta yoki sumkani tortib olib shu zahoti qochib ketadi. Shuning uchun agar yo‘l yoqasidan ketayotgan bo‘lsangiz, sumkani yo‘lovchiga teskari tarafdan ushlasangiz xavfsizroq bo‘ladi. O‘z hordig‘ingizni noxush hodisalar bilan buzishni xohlamasangiz yoningizda kun davomida ishlatishni rejalashtirgan puldan ortiqcha pul olib yurmang. Agar hamyoningizda ko‘proq pul bo‘lsa, uni ko‘rsatmaslikka harakat qiling. 

Top