16:16 / 25.04.2016
3100

Toshkentda Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari boshlandi

“O‘zbekiston” sport majmuasida joriy yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati bahslari boshlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Og‘ir atletika federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada qit'amizning o‘ttizdan ziyod davlatidan uch yuzga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar bilan birga Olimpiada yo‘llanmalari uchun bellashmoqda.

Toshkent shahrida boshlangan Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini Ruslan Nurudinov, Ivan Yefremov, Ulug‘bek Alimov, Sardorbek Do‘stmurodov, Rustam Jangaboyev, Doston Yoqubov, Muhammad Begaliyev, Adham Ergashev, Marina Sisoyeva, Lola Qodirova, Muattar Nabiyeva, Gulnoza Ahmedova, Manzura Mamasoliyeva, Omadoy Otaqo‘ziyeva, Dina Tojiyeva singari tajribali sportchilarimiz himoya qilmoqda.

Top