20:43 / 25.04.2016
1887

Vazir: Suriya o‘ziga qo‘llangan moliyaviy sanksiyalarni bekor qildirish bo‘yicha harakatlarni boshlamoqda

Rasmiy Damashq Suriyaning tashqi dunyo bilan moliyaviy operatsiyalari bo‘yicha qo‘llangan moliyaviy sanksiyalarni bekor qilish harakatlarini boshlagan. Bu haqda Suriya bosh vaziri Voil al-Xalqiga asoslanib RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

Uning aytishicha, Suriyaning dunyodan uzilib qolmasligi va katta davlatlarning qo‘llab-quvvatlashiga erishilishi imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Suriya hukumati tashqi dunyo bilan aloqalaridagi moliyaviy sanksiyalarning bekor qilinishi bo‘yicha rejalar tuzgan.

Vazir shuningdek, Suriyaning "barcha hamkor mamlakatlar bilan munosabatlarda moliyaviy tarmoq tashkil etishi, bu tarmoq orqali savdo, iqtisodiy hamda moliyaviy sohalarda hamkorlik qilishi" haqida gapirgan.

Bundan oldinroq, Suriya «AvtoVAZ» bilan hamkorlik bo‘yicha dialogni tiklashga tayyorligi ma'lum qilingandi.

Top