21:00 / 25.04.2016
1690

«Volfsburg» Bendtner bilan shartnomani bekor qildi

«Volfsburg» jamoasi daniyalik hujumchisi Niklas Bendtner bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Ushbu 28 yoshli daniyalikning «Volfsburg» bilan shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi va bu shartnoma muddatida oldin bekor qilindi.

31 mart kuni «Volfsburg» rahbariyati Bendtnerni ichki tartiblarga rioya etmagani uchun mashg‘ulotlardan chetlatgandi.

Bendtner «Volfsburg»ga 2014 yili erkin agent sifatida kelgandi. U jamoa safida 47 uchrashuvda maydonga tushdi hamda 9 gol urdi.

O‘z vaqtida Bendtner «Arsenal», «Sanderlend» va «Yuventus» jamoalari safida to‘p surgan.

“Volfsburg” futbolchisi raqobatchi kompaniya mashinasi bilan suratga tushgani uchun jarimaga tortildi

Top