09:18 / 25.04.2016
1564

«Yuventus» bugun muddatidan oldin chempionlikni nishonlashi mumkin

24 aprel kuni Italiya A seriyasida 35-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Turinning «Yuventus» klubi «Fiorentina»ga qarshi safardagi uchrashuvda navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

O‘yinning avvalida hakam mezbonlar hujumchisi Bernardeskining golini hisobga olmadi (ofsayd ko‘rsatildi - tahririyat). Ko‘p o‘tmasdan mehmonlar hujumchisi Mario Manjukich hisobni ochdi. 81-daqiqada Kalinich hisobni tenglashtirgan bo‘lsada, 2 daqiqa o‘tib, Morata o‘z jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi - 1:2.

Shu bilan birgalikda bu jamoaning mavsumdagi 27-g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa 25 turdan buyon mag‘lubiyatga uchramagan. Oxirgi 25 uchrashuvda 24 g‘alaba va 1 durang qayd etilgan. Jamoa oxirgi marta 2015 yilning 28 oktabrida «Sassuolo»dan mag‘lub bo‘lgandi.

Shuningdek, bu g‘alaba «Yuventus»ga shu tur yakunlangach chempionlikni tuhfa etishi mumkin. 24 aprel kungi o‘yinlardan keyin turinliklar 85 ochko jamg‘argan. Hali 35-tur uchrashuvini o‘tkazmagan «Napoli» esa 12 ochko ortda qolmoqda.

25 aprel kuni «Napoli» turning markaziy o‘yinida «Roma»ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuvda neapolliklar klubi ochko yo‘qotsa, «Yuventus» avtomatik tarzda chempion hisoblanadi. «Napoli» bu turda g‘alaba qozonsa, chempionlik poygasini tark etmaydi, lekin qolgan 3 turda turinliklar 1 ochko olsa ham neapolliklar «Yuventus»ga yeta olmaydi va Allegri shogirdlari ketma-ket 5-marta Italiya chempioniga aylanadi.

35-turda shuningdek, «Sassuolo» «Torino»ni, «Sampdoriya» «Latsio»ni, «Bolonya» «Jyenoa»ni, «Atalanta» «Kevo»ni, «Palermo» «Frozinone»ni mag‘lub etgan.

25 aprel kuni «Roma» — «Napoli», «Verona» — «Milan» hamda «Karpi» — «Empoli» uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Italiya A seriyasi
35-tur bellashuvlari
23-24 aprel

Fiorentina — Yuventus 1:2
Gollar: Mario Manjukich, 39 (0:1). Nikola Kalinich, 81 (1:1). Alvaro Morata, 83 (1:2).
Fiorentina – Teterushanu, Rodriges, Alonso, Tomovich, Astori, Ilichich (Sarate, 53), Valero, Telo (Fernandes, 62), Badel (Ronkalya, 88), Bernardeski, Kalinich.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Rugani, Evra, Bardzali, Pogba (Asamoa, 84), Xedira, Lemina, Lixtshtayner (Kuadrado, 88), Dibala (Morata, 70), Manjukich.
Ogohlantirishlar: Rodriges (57), Rugani (72), Morata (83), Kuadrado (89).

Sampdoriya – Latsio 2:1
Gollar: 0:1 – 3 Jorjyevich, 1:1 – 20 Fernando, 2:1 – 78 Diakite.
Ogohlantirishlar: Xudt (22), Kandreva (33), Keyta (38), Dodo (44), Konko (55), Xentiletti (81), Maurisio (84), Barreto (90).

Torino – Sassuolo 1:3
Gollar: 0:1 – 2 Sansone, 1:1 – 7 Bruno Peres, 1:2 – 75 Peluzo, 1:3 – 90 Trotta.
Ogohlantirishlar: Peluzo (21), Gatstsi (87), Moretti (88).

Bolonya – Jyenoa 2:0
Gollar: 1:0 – 11 Jakkerini, 2:0 – 63 Flokkari.
Ogohlantirishlar: Rinkon (37), Munos (42), Rossettini (48).

Atalanta – Kevo 1:0
Gol: 1:0 – 55 Borrello.
Ogohlantirishlar: Xetemay (17), Paletta (20), Stendardo (32), Spolli (86), Kurtich (86).
Chetlatish: Gomes (75).

Frozinone – Palermo 0:2
Gollar: 0:1 – 56 Jilardino, 0:2 – 90 Traykovski.
Ogohlantirishlar: Gonsales (24), Rozi (45), Chonek (76), Blankard (79), Mareska (90), Soddimo (90).

Top