17:55 / 26.04.2016
2738

“Tvin Piks” serialining yangi mavsumida Monika Belluchchi va Tim Rot rol ijro etdi

Showtime telekanali “Tvin Piks” serialining yangi mavsumida rol ijro etgan aktyorlar ro‘yxatini e'lon qildi. 217 qatnashchi orasida Monika Beluchchi va Tim Rot singari aktyorlar ham bor, deb ma'lum qilmoqda Variety. Serialning yangi mavsumi 2017 yilda boshlanadi.

Serialda, shuningdek, ilk bor Naomi Uotts, Jim Belushi, Amanda Seyfrid, Eshli Jadd, Erni Xadson, Eddi Vedder va Trent Reznor singari aktyorlar rol ijro etishgan.

“Tvin Piks”ning birinchi va ikkinchi masumlarida rol ijro etgan Devid Duxovni, Kayl Maklaxlen, Sheril Li, Devid Patrik Kelli i Sherilin Fennlar o‘z ijrolarini davom ettirishadi.

Ma'lumot uchun: “Tvin Piks” seriali Amerikaning ABC kanalida 1990 yilning aprel oyidan boshlab berib kelinadi. U 30 qismdan iborat. 1992 yilda alohida film shaklida ham ekranlarga chiqadi, ammo qattiq tanqidga uchrab, prokatlarga chiqarilmaydi.

Top