18:05 / 26.04.2016
1635

100 dan ziyod bemorga jarohat yetkazgan stomatolog 8 yilga qamaldi

“Qo‘rqinchi dantist” nomi bilan mashhurlashib ketgan gollandiyalik stomatolog 100 dan ziyod bemorga jarohat yetkazgani uchun Fransiyada 8 yilga qamaldi.

Ma'lum qilinishicha, Shinon shahrida faoliyat yuritgan Jakob van Nerop bemorlarning sog‘lom tishini olib tashlagan va ularning sog‘lig‘iga jiddiy putur yetkazgan.

Neropga, shuningdek, shifokorlik qilish ham taqiqlandi va 10,5 ming yevro jarimaga ham tortildi.

U 2014 yilda Kanadaga ketib qolgan va o‘zining ekstraditsiya qilinishiga qarshi kurashgan edi.

Top