01:26 / 26.04.2016
1747

Yerevanda avtobus portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

25 aprelda Yerevanda kechki payt 63-raqamli yo‘nalish avtobusi portlashi oqibatida dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra 3 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda Armaniston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Alabyan ko‘chasida sodir bo‘lgan noxush voqea haqidagi xabar soat 21:51 da olingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Milliy markazi tezkor guruhi, maxsus vazifalarni bajaruvchi qutqaruv otryadi va ikkita jangovar raschyot chiqqan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.

Voqea sabablari hozircha ma'lum qilinmagan.

Top