22:13 / 26.04.2016
2673

Gulruhbegim Tohirjonova grossmeysterlik talabini bajardi

Bugun, 26 aprel kuni Gulruhbegim Tohirjonova Tashkent Open xalqaro turnirining so‘nggi turida musobaqaning ikkinchi tartib raqamli ishtirokchisi armanistonlik Tigran Petrosyanni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.

Shu tariqa, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a'zosi Gulruhbegim Tohirjonova grossmeysterlik talabini bajargan.

Endilikda O‘zbekistonda ayol grossmeysterlar soni ikki nafarga yetdi. O‘zbekistonning birinchi ayol grossmeysteri sifatida Gulruhbegim Tohirjonovaning opasi Nafisa Mo‘minova qayd etilgan.

Top