19:38 / 26.04.2016
2506

Islom Karimov: Afg‘oniston muammosini Rossiya ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Rossiya rahbari Vladimir Putin 26 aprelda Kremlda uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalarini muhokama qilindi.

"Men jurnalistlar oldida shuni aytishim mumkinki, Afg‘onistondagi ziddiyatni Rossiya ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydi. Bu fikrni mantiqan va geografik jihatdan asoslash qiyin emas, barcha biladiki, Markaziy Osiyo ming yillardan buyon Rossiya bilan aloqada bo‘lib keladi", deydi Karimov.

"Biz Rossiyaning O‘rta Osiyodagi manfaatlarini aniq his qilib turibmiz va biz bunni to‘g‘ri qabul qilamiz. Bu shunchaki kelishuv emas, vaziyat talabi hamdir. Biz bunga nafaqat rozimiz, balki buni juda zarur deb hisoblaymiz ham", degan O‘zbekiston prezidenti.

Afg‘onistondagi vaziyat haqida gapirar ekan, Karimov bu hududdagi vaziyatni "qorong‘u tunnel"ga qiyoslagan va Putinga mintaqada xavfsizlikni ta'minlash uchun muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgan.

"Agar buni kimdir tushunmayotgan bo‘lsa, vaqti kelib ushbu vaziyatni va dunyoda ro‘y berayotgan boshqa voqealarini ham tushunib oladi deb o‘ylayman. Haqiqatga tik qarash kerak. Agar haqiqatni tan olmasang, ular bari bir seni quvib yetadi", deydi O‘zbekiston rahbari.

O‘zbekiston prezidenti Moskvaga 25 aprel kuni tashrif buyurdi. Ikki davlat rahbarlari 25 aprel kuni kechasi 3 soat davomida norasmiy uchrashuv o‘tkazishgan.

Top