17:29 / 26.04.2016
1475

Mogerini: “Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishiga hali erta”

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar, xavfsizlik masalalari bo‘yicha bosh komissari Federika Mogerinining fikricha, Turkiya Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirishdan ancha uzoqda.

"Biz bu voqelikdan ancha uzoqmiz", — degan Mogerini Fransiyaning France Inter radiosiga bergan intervyusida. Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishi muddati xususida berilgan savolga javob berar ekan, Mogerini shunday bayonot bergan. Uning yodga olishicha, hatto Shengen hududida turk fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy qilish masalasi hal etilmagan.

Shunga qaramay, Mogerinining ishonch bildirishicha, Bryussel va Anqara o‘rtasidagi muzokaralar "birinchi navbatda Turkiyaning o‘zi uchun foydalidir".

"Turkiya bilan Ittifoqqa qabul qilish bo‘yicha muzokaralar, Turkiya davlatchiligini isloh qilish, OAV va so‘z erkinligiga erishishda yordam berishiga ishonaman", — degan Mogerini.

Top