10:33 / 26.04.2016
5457

Navoiy viloyati Karmana tumanida “Yuksak ma'naviyatli avlod” festivali bo‘lib o‘tdi

Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi tomonidan "Umid nihollari”, "Barkamol avlod”, "Universiada” sport musobaqalari oldidan "Yuksak ma'naviyatli avlod” festivali o‘tkazilishi belgilangan.

Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai-nazardan yoshlarning mazkur festivali ahamiyati beqiyosdir. Festival – bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari, Prezidentimizning farmon, farmoyish va asarlari, hukumat qarorlarini atroflicha sharhlash va tushuntirish, davlat dasturlarining ahamiyatini, yurtimizga qarshi qaratilgan g‘oyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilish, yoshlarni hushyorlik va ogohlikka da'vat etish, yosh olimlar va mutaxassislar, iqtidorli va ijodkor yoshlar ishtirokida festival “Badiiy ijod”, “Prezident asarlari bilimdoni”, “Mustaqillik tarixi bilimdoni”, “Eng iqtidorli hunarmand”, “O‘z asarida milliylikni aks ettirgan rassom”, “O‘z asarida milliylikni aks ettirgan dizayner”, “Vatan kuychisi”, “Yuksak ma'naviyatli avlod” nominatsiyalari bo‘yicha 14-16 yoshlilar o‘rtasida joriy yilning 23 aprel kuni Karmana tumanida bo‘lib o‘tdi. Mazkur festivalda jami 450 dan ortiq ishtirokchilar qamrab olindi. Festivalning tuman bosqichi g‘oliblari joriy yilning 4 may kuni Navoiy shahrida bo‘lib o‘tadigan viloyat bosqichida ishtirok etishadi. Albatta bu kabi tadbirlar yoshlarimizni chinakamiga yuksak ma'naviyatli avlod bo‘lib tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: manaviyat.gov.uz

Top