14:45 / 26.04.2016
2495

O‘zbekistonda 2016 yil mart oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi 5 foizga o‘sdi

Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (ITM) tomonidan e'lon qilinadigan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) mart oyida fevral oyiga nisbatan 5,2 foizga o‘sib, 1052 punktgacha (mingdan yuqori raqam faollik o‘sishini, mingdan pasti tushishni anglatadi) ko‘tarilgan.

Umuman, ishbilarmonlik faolligidagi o‘zgarishlar yuz bera boshlagan 2015 yil yanvaridan beri IFI 22,2 foizga o‘sib, 1222 punktni tashkil etgan.

ITM hisobotida qayd etilishicha, mart oyi ko‘rsatkichining o‘sishiga IFIning 4 ta asosiy tarkibiy qismida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergani sabab bo‘lgan, deb yozadi gazeta.uz.

Ishbilarmonlik faolligi indeksi ITM tomonidan 2014 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti iqtisodiy davriylikning qaysi bosqichida ekanini operativ bilish maqsadida ishlab chiqilgan.

1999 yili O‘zbekiston hukumati va BMT taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan ITM taraqqiyotga oid keng miqyosli masalalar yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazib, hukumatga takliflarini ishlab chiqadi.

Top