20:09 / 26.04.2016
1551

Poroshenko: Ukraina atom energetikasidan voz kecha olmaydi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning ma'lum qilishicha, mamlakat "na bugun, na ertaga atom energetikasidan voz kecha oladi". U Chernobl falokatining 30 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan marosimda shunday so‘zlarni aytib o‘tgan. Bu haqida UNIAN nashri xabar berdi.

“Ukraina energetik mustaqillikka kurashar ekan, na bugun va na ertaga atom energetikasidan voz kecha oladi. Bir vaqtning o‘zida biz yangi texnologiyalar, energiyaning yangi alternativalari va noan'anaviy manbalari, energiya salohiyati haqida o‘ylashimiz kerak”, - ta'kidladi Ukraina prezidenti.

Shuningdek u Ukrainada atom energetikasi sohasida ustuvor vazifa yadroviy xavfsizlik bo‘yicha qat'iy va effektiv choralar ko‘rishga qaratilishi lozimligini bildirdi.

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, energiyani tejash masalasi bayramdan keyin Islohotlar milliy kengashi majlisida muhokama qilinadi.

Bundan avvalroq, Petro Poroshenko Ukrainaning Chernobl atom elektrostansiyasidagi falokat asoratlaridan to‘liq xalos bo‘lishiga hali ancha vaqt borligini aytgandi.

Top