14:41 / 26.04.2016
1872

Xitoyda 603 ot kuchiga ega elektr superkar namoyish etildi

Xitoyning BAIC kompaniyasi 603 ot kuchiga ega elektr dvigatel bilan ta'minlangan Acrfox-7 superkarini rasman namoyish qildi. Modelning ilk ommaviy namoyishi Pekin avtosalonida bo‘lib o‘tdi.

Formula-E chempionatining elektrik bolidlari Acrfox-7 superkarining yaratilishiga turtki bo‘ldi. Modelning ishlab chiqish jarayoni Campos Racing poyga jamoasi mutaxassislari ishtirokida Barselonada kechgan.

BAIC Arcfox-7 avtosining elektr dvigateli soatiga 6,6 kilovatt hajmdagi batareyalar to‘plamidan quvvat oladi. Ikki eshikli mashina uch soniyada qo‘zg‘aladi, uning maksimal tezligi esa soatiga 260 kilometrni tashkil etadi.

1755 kilogrammli Arcfox-7 superkari 299 km yo‘l yurishga yetadigan energiya zaxirasi bilan ta'minlangan.

BAIC avtosini “chayka qanoti” tipidagi eshiklar, boshqariluvchi elektronikaning ish rejimini o‘zgartiruvchi tizim, diodli yorug‘lik chiroqlari, to‘rt nuqtali xavfsizlik kamarlari, raqamli uskuna paneli, shuningdek quvvat agregatini ishga tushirishda qo‘llaniluvchi barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan.

BAIC Arcfox-7 modelining sotuvi Xitoyda joriy yilning oxiriga qadar yo‘lga qo‘yiladi. Avtomobil narxiga aniqlik kiritilmagan.

Top