16:32 / 27.04.2016
2392

“Mobilnik”ning birinchi treyleri namoyish etildi

Yozuvchi Stiven Kingning shu nomli asari asosida suratga olingan “Mobilnik” trillerining birinchi treyleri omma e'tiboriga namoyish etildi. Rolik YouTube saytiga joylashtirilgan.

Filmda asosiy rollarni Jon Kyusak va Semyuel L. Jyekson ijro etgan. King ssenariy mualliflaridan biri ham hisoblanadi.

Syujyet bo‘yicha, bosh qahramon (Kyusak) texnologik apokalipsis markazida qolib ketadi. Mobil aloqa tarmoqlari orqali sirli signal yuboriladi va u odamlarning ongini qayta dasturlaydi. Kyusak yaratgan obraz xotini va o‘g‘lini qidirib topishi kerak bo‘ladi.

“Mobilnik” Amerika kinoteatrlarida 8 iyul kuni namoyish etila boshlaydi.

Top