16:49 / 27.04.2016
1551

5 nafar shaxsni Qozog‘istonga olib o‘tgan odamfurush qo‘lga olindi

Norimon Qadamov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) odamfurushlardan biri. Hech qayerda ishlamaydigan, ijtimoiy mehnat bilan shug‘ullanmaydigan Norimon yengil daromad topish manbalarini izlay boshladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Qop-qop va'dalar, ya'ni yaxshi ish va yashash sharoiti, katta maosh va'da qilib, besh nafar shaxsni Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tgan Norimon yigitlarning fuqarolik pasportlarini olib qo‘ydi. Har oyda 600 AQSh dollari miqdorida oylik olishga ishongan yigitlar “Tengiz” deb ataluvchi cho‘l hududidagi qurilish obektida tutqun bo‘ldilar.

“Bir yildan ziyod itday ishladik. Salomatligimizdan ayrildik. 10 650 AQSh dollari miqdorida haq olishimiz kerak edi. Bir tiyin ham olmadik”, deydi jabrlanuvchilardan biri.

Afsuski, bu hammasi emas, N.Qadamov jinoiy sherigi U.Rajabova bilan til biriktirgan holda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsni shahvoniy ekspluatatsiya qildi, pornografik mahsulotlarni namoyish qilish kabi jinoyatlarga qo‘l urdi.

Qilmish-qidirmish. N.Qadamov odil sud oldida javob berdi va tegishli jazoga tortildi.

Top