19:55 / 27.04.2016
1564

Eronda qiruvchi samolyot qulab tushdi

27 aprel kuni Eron Harbiy havo kuchlariga tegishli Sukhoi rusumidagi harbiy-qiruvchi samolyot Isfahon markazida qulab tushdi.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, samolyotning 2 uchuvchisi ham katapulta qilingan va ular muvaffaqiyatli ravishda parashyutda yerga qo‘nishgan.

Halokatning sababi texnik muammo bo‘lgani aytilgan.

Top