18:34 / 27.04.2016
4249

Hindistonda bitta boshli Siam egizaklari tug‘ildi

Hindiston sharqidagi Gujarot shtatida bitta bosh va bitta yuzli Siam egizaklari dunyoga keldi. Lekin chaqaloqlarning har birining o‘z yuragi, oyoq-qo‘llari alohida. Bu haqda The Daily Mail xabar berdi.

Nashrning ma'lum qilishicha, chaqaloqlar tug‘ilgach, olti daqiqagina umr kechirgan.

Egizaklar dunyoga kelgan Rajkot shifoxonasi doktori Kirtan Viyasning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar voqeaning shunday tus olishiga tayyor turishgan va norasidalarning ota-onasini bolalarning miyasini ajratish jarrohlik amaliyotini amalga oshirish mumkin emasligi to‘g‘risida ogohlantirishgan.

Hindistonlik akusherlar amaliyotida bunday holatlar kamdan-kam – milliondan bitta uchraydi. Viyas, shuningdek, bu kabi anomaliyalar homiladorlikning birinchi uch oyligida aniqlanishini bildirdi. Biroq egizaklarning onasi birinchi ultratovushli tekshiruvdan homiladorlikning yettinchi oyidagina o‘tgan.

Top