14:12 / 27.04.2016
3504

Internetda Anjyelina Jolining “halokatli xastaligi” to‘g‘risidagi mish-mishlardan keyingi suratlari paydo bo‘ldi

Internetda Anjyelina Jolining "hyomon kasallikka chalingani" to‘g‘risida tarqalgan mish-mishlardan bir oy o‘tib, aktrisaning birinchi suratlari paydo bo‘ldi.

2016 yilning mart oyida Amerikaning National Enquirer nashri aktrisaning vazn yo‘qotish hamda saratondan vafot etish xavfi ostida qolgani to‘g‘risida material chop etgandi. Unga ko‘ra, Joli 35 kilogrammga ozib ketgan va ovqatlanishdan bosh tortgan. Aktrisa shifoxonaga yotqizilgani taxmin qilingandi.

Keyingi soatlarda paydo bo‘lgan suratlarda Anjyelina qizlari bilan London markazidagi supermarketdan chiqmoqda. Uning ko‘rinishi bir oy avvalgidan ancha yaxshi, bu esa unga qo‘yilgan dahshatli tashxisni shubha ostiga qo‘yadi.

Bundan tashqari, g‘arb OAVi Jolining oilasi bilan Londonga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi haqida yozmoqda.

Top