19:24 / 27.04.2016
1717

OAV Peterburgga chiptasiz uchib borgan qizchaning xatti-harakatini o‘rgandi

Vnukovo aeroporti kameralari yordamida Sankt-Peterburgga chiptasiz uchib ketgan 11 yoshli qizchaning qanday qilib bu ishga qo‘l urganligiga oydinlik kiritildi. Ma'lum bo‘lishicha, qizcha aniq maqsad bilan harakatlangan. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” manbaga asoslanib xabar bermoqda.

“Vnukovoga u kattalar izidan kelgan. Pasport nazorati vaqtida u bir yo‘lovchining ortiga ochiq-oydin berkinib oladi. Aeroport xodimi uni tik turgani uchun payqamay qoladi. Yo‘lovchilarning shaxsiy tekshiruv paytida ulardan hujjat talab etilmaydi, shu bois qizcha qiynalmasdan bu bosqichdan ham o‘tib oladi”, — deb yozadi nashr.

Ma'lum bo‘lishicha, qizcha samolyot bortiga ko‘p farzandli oilaga qo‘shilib kirib oladi. Oilaning biletlari tekshirilgach, qizcha ular bilan birga samolyot bortiga kirib oladi.

11 yoshli o‘quvchi qiz bir o‘zi Moskvadan Peterburgga chiptasiz uchib ketdi

Top