18:39 / 27.04.2016
2038

OAV: Ukraina sobiq bosh vaziri Argentinaga "qochib ketdi"

Ukraina sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk iste'foga chiqqach, deyarli hech kim bilan muloqotda bo‘lmagan va mamlakat hududini tak etgan bo‘lishi ham mumkin. Bu haqda “Vesti” nashri xabar tarqatdi.

Nashr xabariga ko‘ra, Yatsenyuk deyarli ikki haftadan buyon o‘z kvartirasiga kelmagan. Uni bosh vazirning dala hovlisi joylashgan Novyye Petrovtsy qishlog‘ida ham topa olishmagan.

Deputatlar “Narodnyy front” partiyasi raisi bilan oxirgi marta u iste'foga chiqqan – 14 aprel kuni muloqot qilganlarini bildirishdi.

Fraksiya raisi o‘rinbosari Andrey Teteruk Yatsenyuk iste'fodan keyin “fraksiyaning har bir majlisida ishtirok etgani va masalalarni birga muhokama qilgani”ni aytdi.

Biroq Radada barcha Yatsenyukning Kiyevda emas deb hisoblamoqda. Xalq deputati Sergey Kaplin so‘zlari bo‘yicha, bosh vazir hozir Lotin Amerikada.

“Mendagi ma'lumotlarga ko‘ra, Arseniy Yatsenyuk Argentinaga uchib ketdi. Bu xizmat safarimi yoki dam olish, yoki qochishmi – men bilmayman. Qachon qaytishi ham noma'lum”, - dedi u.

Top