12:50 / 27.04.2016
1516

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitasi Ishoq Masaliyev nomzodini spiker lavozimiga tasdiqladi

Qirg‘iziston parlamentining Konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilmasi, sud-huquq masalalari va reglament bo‘yicha qo‘mitasi Ishoq Masaliyev nomzodini spikerlik lavozimi uchun ma'qullagan. Bu haqda «TASS» axborot agentligi respublika qonun chiqaruvchi organiga tayanib xabar bergan.

«Masaliyev nomzodi profilli qo‘mita tomonidan hech qanday muhokamalarsiz ma'qullandi», — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Masaliyevning nomzodi «Onuguu» («Progress») partiyasi fraksiyasi tomonidan taklif qilingan.

Bundan oldinroq, parlament raisi lavozimiga sotsial-demokratik partiya fraksiyasi parlament ko‘pchiligi koalitsiyasi yetakchisi Chinniboy Tursunbekov nomzodini ilgari surgan edi.

Qirg‘iziston parlamenti spikeri saylovi 27 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Parlamentning "Kirgizstan" fraksiyasi vakillari spikerlik lavozimiga yetakchilari Kanat Isayevni ilgari surishgan. "Onuguu" (taraqqiyot) partiyasining parlamentdagi fraksiyasi ham o‘z vakili Bakit Torobayev nomzodini spikerlikka tavsiya etan.

Umuman, Qirg‘iziston respublikasi parlamenti tarkibida oltita fraksiya mavjud, ularning to‘rttasi koalitsiyaga birlashib, parlamentda ko‘pchilikni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Qirg‘iziston parlamentining avvalgi spikeri Asilbek Jeenbekov akasi Sooronbay Jeenbekovning nomzodi bosh vazirlikka tavsiya qilinishi ortidan o‘z lavozimini tark etgandi.

Top