12:01 / 27.04.2016
1564

Tog‘li Qorabog‘ Ozarboyjon tomonidan o‘t ochilishi tufayli bir askari halok bo‘lganini iddao qildi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, 27 aprel kuni tunda Ozarbayjon tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Bu haqda «Kavkazskiy uzel» xabar bermoqda.

Vazirlikning ma'lum qilishicha, Ozarbayjon harbiy bo‘linmalari Martakert va boshqa aholi yashash punktlarini o‘qqa tutgan.

Ma'lum qilishlaricha, Ozarbayjon qurolli kuchlari o‘t ochishda artilleriya, minomyotlar va «Grad» raketa uchirish tizimidan foydalanishgan.

O‘ta og‘ir olingan jarohat tufayli Tog‘li Qorabog‘ qurolli kuchlari askari, 1996 yilda tug‘ilgan Ayk Minasyan halok bo‘lgan.

Top