19:35 / 27.04.2016
2462

Toshkentda armrestling bo‘yicha XV Osiyo chempionati boshlandi

Toshkentda armrestling bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar, kattalar, xotin-qizlar, faxriylar va jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida XV Osiyo chempionati boshlandi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Osiyo chempionati ishtirokchilari sifatida O‘zbekiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Iroq, Indoneziya, Hindiston, Pokiston, Quvayt, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston terma jamoalari qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, mamlakatimiz armrestling federatsiyasi va Osiyo armrestling federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada to‘rt yuzdan ortiq sportchi kuch sinashmoqda.

Bu galgi Osiyo chempionatida Umidjon Ahmedov, Bobur Bekchonov, Islom Bahromov, Sardor Xudoyberdiyev, Sirojiddin Kunishov, Humoyun Toshmuhamedov, Husniddin Mehmonov, Maftuna Davlatova kabi o‘zbekistonlik armrestlingchilar ishtirok etmoqda.

Top