00:29 / 28.04.2016
2158

Apple bosh qarorgohida murda topildi

Apple korporatsiyasining Kupertinodagi (Kaliforniya shtati) bosh qarorgohi anjuman-zallaridan birida noma'lum erkakning jasadi topildi, deb xabar bermoqda TechnoBuffalo.

Jasadni topgan xodimlar politsiyani chaqirtirib, o‘z joniga suiqasd qilish holati yuz bergan bo‘lishi mumkinligini aytishgan.

"Apple vakillari o‘z qarorgohida jasad topilganiga izoh berishmayapti. Murda korporatsiyaning xodiminiki ekanligi yoki yo‘qligi haqida ma'lumot yo‘q", deb yozdi ABC7 kanali jurnalisti Mett Keller o‘z tvitterida.

Ayni vaqtda politsiya teshiruv o‘tkazmoqda.

Apple’ning Kupertinodagi bosh qarorgohi 1993 yilda qurilgan va 10 mingdan ko‘proq xodimni o‘z ichiga sig‘dira oladi.

Top