20:15 / 28.04.2016
1831

"Gazprom" o‘zining Gasum kompaniyasidagi ulushini sotib yuborgani ma'lum bo‘ldi

"Gazprom" 2016 yil yanvarda Finlyandiyaning Gasum kompaniyasidagi 25 foizlik ulushini Finlyandiya hukumatiga 251 mln yevroga sotib yuborgan, deb aytilmoqda Rossiya gaz xoldingi hisobotida.

2015 yil dekabrda "Gazprom" Gasum aksiyadorlik kapitalidan chiqishi mumkinligini e'lon qilgandi. Finlyandiya vazirlar mahkamasida Rossiya kompaniyasiga tegishli ulushni sotib olish bo‘yicha qarorni gaz o‘zining turli shakllarida mamlakatning energiya ta'minotida muhim rol o‘ynashi va ko‘mirdan foydalanishdan voz kechishni osonlashtirishi bilan tushuntirilgan. Finlyandiya hozir sekin-astalik bilan ko‘mirdan voz kechmoqda.

Gasum Oy kompaniyasi Finlyandiyada tabiiy gaz importi va uni taqsimlash bilan shug‘ullanadi. 2015 yil noyabrda Finlyandiya hukumati kompaniyaning asosiy aksiyadoriga aylangan. Jumladan, u kompaniyaning Fortum fin kompaniyasi va E.ON nemis kompaniyasiga tegishli ulushlarini sotib olib, aksiyalar paketini 75 foizga yetkazgandi.

Top