15:43 / 28.04.2016
1605

Klichko politsiyachilarni velosipedga “o‘tqizmoqchi”

Kiyev meri Vitaliy Klichko patrul politsiyachilari yaqin kunlarda velosipedda yurishlarini ma'lum qildi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Mer bu fikrini “Ishga velosipedda” aksiyasi davomida ma'lum qildi.

“Yildan yilga Kiyev shahrida harakatlanish uchun velosipedni tanlaydigan odamlar ko‘payib borayotgani yaxshi holat. Yaqin kunlarda poytaxt ko‘chalarida velosipedda yurgan patrul xodimlarini ham uchratish mumkin bo‘ladi”, — dedi Klichko.

Shuningdek, u hozirgi paytda velosiped infratuzilmasini rivojlantirish shahar hokimiyati ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Top