15:58 / 28.04.2016
2414

Windows’ning yangilash taklifi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga “chiqdi”

Ayova shtatining KCCI 8 telekanali boshlovchisi Metinka Sleyter tonggi yangiliklarni efirga uzatish chog‘ida Microsoft operatsion tizimini yangilash to‘g‘risidagi xabarga duch kelib qoldi.

“Microsoft Windows 10’ni yangilashni tavsiya qilmoqda. Nima qilish kerak? Bunday xabarlar butun ekranni to‘ldirib paydo bo‘lishi barchaga birdek yoqadi-ku, to‘g‘rimi?” – hazillashdi Sleyter to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda, keyin ko‘rsatuvni olib borishda davom etdi.

Top