19:36 / 28.04.2016
1912

Xitoyda avtobus yonib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Xitoy shimoli-g‘arbida avtobus yonib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan va 5 kishi jabrlangan. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesida ma'lum qilingan.

Hodisa Shensi viloyatining Lantyan uyezdida sodir bo‘lgan. Avtobus Fuchjou-Inchuan avtomobil magistralida yonib ketgan. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan.

Mahalliy hukumat hodisa sabablarini o‘rganish uchun maxsus guruh tashkil etilgan.

Top