00:01 / 28.04.2016
7312

Xitoyda ishlab chiqarilgan eng zamonaviy superkarlar

Pekin avtosalonida Xitoyning BAIC kompaniyasi o‘zining yangi Arcfox-7 superkarini namoyish etdi. Mazkur model XXRda 2016 yildan sotuvga chiqa boshlaydi. Ma'lum bo‘lishicha, Xitoy avto ishlab chiqaruvchilari nafaqat klaviaturadagi tugmalar kombinatsiyalarini bajarishni uddalashadi, balki o‘zlari ham ba'zi narsalarni ishlab chiqarishga qodir. Biz Xitoyning bir qancha tez harakatlanuvchi mashinalarini e'tiboringizga namoyish etamiz.

BAIC Arsfo-7


1958 yilda asos solingan BAIC kompaniyasi – Xitoydagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri sanaladi. Bu avtobrendni Xitoyning General Motors yoki Toyota’si deyish ham mumkin. Arcfox-7 modeli joriy yilda Pekindagi avtosalonda namoyish etildi. «Arkfoks»ning yangicha ko‘rinishida an'anaviy ichki yonuv dvigateli emas, balki elektr quvvati o‘rnatilgan.

Arcfox-7 603 ot kuchiga ega va batareyadan 6,6 kilovatt-soatda quvvat oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 260 kilometrni tashkil etadi.

BAIC Arcfox-7’ning eshiklari "baliqchi qush qanoti" ko‘rinishida bo‘lib, uning boshqaruv elektronikasi, optikasi, raqamli jihozlar va hattoki, dvigatelni qo‘l yordamida ishga tushirish uchun skaner ham mavjud.

Arcfox-7 – BAIC mustaqil o‘zi yaratgan mahsulot emas. Mashinani Campos Racing poyga jamoasi yordamida Barselonada ishlab chiqarishgan. Ispan-xitoy ishlab chiqaruvchilarining ikki eshikli avtomobili joriy yilning so‘ngiga qadar sotuvga chiqadi.

TechRules TREV


Xitoyning yana bir kompaniyasi – TechRules – BAIC kabi keng tarqalmagan. Biroq innovatsiya jihatidan kompaniya barcha mahalliy raqiblarini ortda qoldirishi mumkin. Masalan, 2016 yilda Jyeneva avtosalonida namoyish etilgan TREV prototipi orqali TechRules anchayin muvaffaqiyatga erishdi.

Maksimal harakat zaxirasi hayratda qoldiradi – naqd 1930 kilometr!

Icona Vulcano


Icona firmasi 2010 yilda Cecomp S.p.A. va Tecnocad Progetti S.p.A. italyan kompaniyalari, shuningdek, Nissan va Jaguar Land Rover sobiq dizayneri Samuel Chufar hamda Bertone va Aprilia ijrochi direktori Teresio Gaudio boshchiligida yaratilgan. Hozirda kompaniyaning yagona Vulcano superkari mavjud.

Icona Vulcano birinchi talqini 2013 yilda ishlab chiqarilgan. Uglerod kuzov panelli alyuminiy shassida qurilgan kupega uchun ikki gibridli elektr kuch qurilmalari tayyorlangan. Birinchisiga 790 ot kuchiga ega 12 silindrli 6 litrli dvigatel, 160 ot kuchiga ega elektrodvigatel va «avtomat» kirgan. Ikkinchisi esa benzinli V6 va ikkita elektrodvigatel. So‘nggi variant kupeni 8,9 soniyada soatiga 200 kilometrgacha bo‘lgan tezlikka erishishini ta'minlay oladi.
Modellar narxi - 2 million yevro atrofida.

Qiantu K50 Event!


Tanishing – Xitoyning birinchi elektron superkari Qiantu K50 Event! Avtomobil asosiy aksioneri CH Auto muhandislik kompaniyasi hisoblangan Qiantu Qiche firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Model ilk marta 2015 yilning aprel oyida Shanxaydagi motorshouda namoyish etilgan.

Qiantu Qiche elektron superkari Xitoyda shu yildan sotuvga chiqa boshlaydi. Taxminiy narxi – 700 ming yuan bo‘lib, bu deyarli 110 ming dollarni tashkil qiladi. Xitoyda xuddi shu narxda Tesla Model S’ni xarid qilish mumkin.

Windbooster Titan


Titan – tyuninglar ishlab chiqaruvchi Cammus kompaniyasiga tegishli Windbooster xitoy firmasining birinchi mashinasi. Cammus 2008 yilda ochilgan bo‘lib, u asosan qo‘shimcha jihozlar, tormoz mexanizmlari va elektron vositalarni boshqarish uchun gadjyetlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Cammus 2014 yildan boshlab Windbooster brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarishni boshladi.

CH Auto Aculein


Bu mashina Ferrari 599ni yodga soladi va uni Xitoyning eng birinchi superkari deb atashadi. CH Auto kompaniyasi Aculein deb nomlangan kupesini 2010 yilda namoyish etdi. Mashinaning harakatlantiruvchi «kuchi» ustida xitoyliklar bosh qotirishmagan va BMW 6-Series avtomobillarinikidan ko‘chirib olishgan: ya'ni 372 ot kuchiga ega bo‘lgan 4,8-litrli V8 dvigateli. Aculein qo‘zg‘alish joyidan 100 kilometr soat tezligiga 5,2 soniyada chiqadi va uning maksimal tezligi 270 kilometr soatni tashkil etadi.

V12 dvigatelga ega bo‘lgan Diablo asl nusxasiga nisbatan Yu va Tao kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan uning ko‘chirmasi Toyotaning V8 tvin-turbo dvigateli bilan jihozlangan. «Yuztalikka» ko‘chirma besh sekunda chiqib oladi, uning maksimal tezligi esa 300 kilometr soatni tashkil etadi.

Top