14:22 / 29.04.2016
2072

11 yoshli bola kompyuter o‘ynashni taqiqlagan buvisining qo‘lini sindirdi

11 yoshli bola uni kompyuter o‘ynidan qaytarmoqchi bo‘lgan buvisining qo‘lini uqlov bilan urib sindirdi. Bu haqda Qirg‘iz-rus slavyan universitetidagi xalqaro aloqalar fakultetining dunyo madaniyati va dinlarini o‘rganish bo‘yicha YuNeSKO kafedrasi xodimi Vladimir Shkolniy aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar bolalarning kompyuter bilan bog‘lanib qolish holatlari keskin tarzda oshganligini qayd etishgan. «Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda Qirg‘izistonda 16 foiz bola kompyuter o‘yinlariga bog‘lanib qolgan», — dedi Vladimir Shkolniy.

Top