15:52 / 29.04.2016
2274

Janna Friskening onasi firibgarlik uchun jazoga tortilishi mumkin

Milliy ekspert palatasining vitse-prezidenti, huquqshunos Mixail Tsivin Janna Friskening onasi firibgarlik uchun jazoga tortilishi mumkinligini aytib o‘tdi. Uning fikricha, Olga Friskeni qamoqqa olish ehtimoli kamroq.

«U barcha yordam berishni istagan marhuma xonandaning onasi. Ayolning yoshi ulug‘ligini hisobga oladigan bo‘lsak, unga aniq belgilangan qamoq jazosi tayinlanmasa kerak, mazkur holatda majburiy to‘lovni undirish orqali shartli jazo berilishi mumkin”, — deydi huquqshunos.

Mixail Tsivin marhuma xonanda Janna Friskening oila a'zolari davolash uchun yig‘ilgan mablag‘larni qaytarib berishi shartligini qayd etmoqda.

“Men Friskening oilasiga Rusfond bilan tinchlik shartnomalarini imzolagan holda, olingan pullarni zudlik bilan yoki belgilangan muddat ichida qaytarib berishlarini maslahat beraman. Aks holda, bu qalloblik, davlat mol-mulkini atayin o‘zlashtirib olish va ishonchni suiiste'mol qilish kabi jinoyatga aylanadi. Xonandani davolash va uning operatsiyasi, dorilari uchun sarflangan xarajatlar hech qayerda qayd etilmagan. Bu begonalarning puli va ularni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborish mumkin emas”, — deya qo‘shimcha qildi yurist.

2014 yilning 28 oktabrida Friskening hisobiga «Rosbank»dan 25 million rublga yaqin pul kelib tushgan. Jannaning o‘limidan ikki hafta oldin esa barcha pullar uning onasi Olga Friske tomonidan yechib olingan.

Top