23:38 / 29.04.2016
5125

Lamborghini kompaniyasi Huracan kupesiga "tajovuzkorroq" ko‘rinish berdi

Lamborghini kompaniyasi Huracan kupesi uchun unga tajovuzkorroq ko‘rinish beruvchi yangi kuzov obvesini namoyish qildi. Karbondan yasalgan obves (osma detallar: spoyler, aksqanotlar va shu kabi) 19 ming 850 yevroga baholandi. 

Huracan obvesi o‘z ichiga yangi oldingi spoyler, oldi va orqa bamperga ugleplastik nakladkalar, kattalashtirilgan yon yubkalar va orqa aks qanotni o‘z ichiga oldi.

Lamborghini Huracan 610 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 atmosferali dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatel yetti pog‘onali ikki ilashishli "robot" uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi. Kupe 100 km/soat tezlikka 3,2 soniyada erisha oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 325 km ni tashkil qiladi. 

Ayni vaqtda Lamborghini kompaniya Huracan’ning ekstremal modifikatsiyasi ustida ishlamoqda. Kupe kuzovning yangi aerodinamik obvesini, Huracan GT3 poyga superkaridan quvvatliroq motor va chiqarish tizimi oladi.

Top