15:23 / 29.04.2016
1835

«Manchester Siti» «Borussiya»ga Gundo‘g‘an uchun yangi taklif bilan chiqdi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi Dortmundning «Borussiya» klubi bilan hamon Ilkay Gundo‘g‘anning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Germaniyaning Bild nashri bergan xabarga ko‘ra, ingliz klubi 25 yoshli Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi uchun 22 million va qo‘shimcha bonuslar ko‘rinishida 5 million yevro taklif qilgan. Bonuslar Gundo‘g‘anning «Siti»da belgilangan miqdorda o‘yin o‘tkazilishiga qarab to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «shaharliklar» yarimhimoyachi uchun 18 million va 5 million yevro bonus ko‘rinishida mablag‘ to‘lashga tayyorligi haqida xabar tarqatilgandi.

Ma'lumot uchun, Gundo‘g‘anning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Top