11:47 / 29.04.2016
2341

O‘zbekistondagi Qirg‘iziston elchisi o‘z lavozimidan ozod etildi

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatning O‘zbekistondagi elchisini o‘z lavozimidan ozod etdi.

Qirg‘iziston rahbarining farmoniga ko‘ra, Emilbek Uzakbayev Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi lavozimidan ozod etilgan.

Ma'lumot uchun: Emilbek Uzakbayev 2012 yildan beri shu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Top