17:28 / 29.04.2016
2324

Ronaldu dushanba kunigacha umumiy guruhga qaytishi kutilmoqda

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu son mushaklaridagi jarohatidan tezlik bilan tuzalmoqda.

Portugaliyalik futbolchi uzoq masofalarga yugurish mashqlarini boshlagan va uning kayfiyati ko‘tarinki ruhda. U 4 may kuni YeChLning yarim finalidagi javob uchrashuvida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishiga ishonmoqda.

Futbolchi o‘zining to‘la tiklanishi uchun qattiq harakat qilmoqda va kuniga 3 mahaldan mashg‘ulot o‘tamoqda. Mashg‘ulotlar vaqtida uni shaxsiy fizioterapevti kuzatib bormoqda.

Marsa xabarida aytilishicha, Krishtianu Ronaldu dushanba kunidan boshlab umumiy guruhda shug‘ullana boshlaydi.

Qayd etilishicha, uning bel qismidagi jarohati shifokorlar ma'lum qilganidek jiddiy bo‘lib chiqmadi. Shu tufayli, futbolchi hujayra to‘qimalarida davolash amaliyotini o‘tkazishiga hojat bo‘lmaydi.

Top