18:42 / 29.04.2016
3771

Samsung Galaxy S6 smartfoni quvvatlagichda yonib ketdi

Phone Arena bergan ma'lumotga ko‘ra, Samsung Galaxy S6 smartfoni quvvatlagichga qo‘yilgan vaqtda yonib ketdi. 

Qurilma egasining aytishicha, smartfon quvvatlantirgichga ulangan holda turgan. U kutilmaganda g‘alati ovoz eshitib, yong‘in hidini sezgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Samsung Galaxy S6 egasi qurilmaning original quvvatlantirgichi o‘rniga Samsung Galaxy S3 quvvatlantirgichidan foydalangan.

Florida ta'mirlash markazi mutaxassislari ma'lumotiga ko‘ra, “boshqa quvvatlantirgichdan foydalanish smartfon yong‘iniga sabab bo‘lishi mumkin emas.

Qurilmaga foydalanuvchi tomonidan zarar yetkazilgan bo‘lishi yoki qurilma quvvatlantirgichidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yong‘in kelib chiqqan bo‘lishi mumkin”.

Top