22:34 / 30.04.2016
3412

Angliya Premer-ligasi, 36-tur: "Nyukasl" tark etish zonasini tark etdi, "Vest Xem" 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Angliya Premer-ligasida qolish uchun Rafael Benites boshchiligida kurashayotgan "Nyukasl" musobaqa jadvalining tark etish zonasini tark etishga muvaffaq bo‘ldi. APLning 36-turida "hakkalar" o‘z maydonlarida "Kristal Pelas"ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, 19-o‘rindan 17-o‘ringa ko‘tarilib oldilar hamda bitta kam o‘yin o‘tkazgan "Sanderlend" va ikkita o‘yin kam o‘tkazgan "Norvich" futbolchilaridan oldinga o‘tib oldilar.

Slaven Bilich boshchiligidagi "Vest Xem" mehmonda "Vest Bromvich"ni 3:0 hisobida yutib, "Manchester Yunayted"ni ortda qoldirib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bolg‘aurarlar" va mankunianliklar hisobida 59 tadan ochko bor, biroq Lui van Gal shogirdlari bu turdagi o‘yinlarini hali o‘tkazmadilar. 

APLda qolishga barcha imkoniyatlardan mahrum bo‘lgan "Aston Villa" mehmonda "Uotford"ga qarshi uchrashuvda 1:2 hisobida yutayotganda o‘n kishi bo‘lib qoldi, mezbonlar futbolchisi Dini bundan foydalanib, 90-daqiqada hisobni tenglashtirdi va so‘ngra qo‘shimcha vaqtda o‘z jamoasiga g‘alaba olib keldi (3:2).

"Everton" o‘z maydonida "Bornmut"ni 2:1 hisobida yutdi.

"Stok Siti" va "Sanderlend" 1:1 hisobidagi durang natija bilan kifoyalanib qoldi. 

Angliya Premer-ligasi, 36- tur
Nyukasl Yunayted  – Kristal Pelas – 1:0
Gol:
Taunsend, 58 (1:0).
Amalga oshirilmagan penalti: Kabay, 70 (Kristal Pelas).

Vest Bromvich Albion – Vest Xem Yunayted – 0:3
Gollar:
Kuyyate, 34 (0:1); Noubl, 45+2 (0:2); Noubl, 79 (0:3).

Uotford – Aston Villa – 3:2
Gollar:
Klark, 28 (0:1); Abdi, 45+2 (1:1); Ayyu, 48 (1:2); Dini, 90 (2:2); Dini, 90+3 (3:2).
Chetlatish: Sissoko, 73 (Aston Villa)

Everton – Bornmut – 2:1
Gollar:
Kleverli, 7 (1:0); Pyu, 9 (1:1); Beyns, 64 (2:1).

Stok Siti – Sanderlend– 1:1
Gollar:
Arnautovich, 50 (1:0); Defo, 90+4 (1:1, pen).

Top