23:33 / 30.04.2016
2857

Malayziya telekommunikatsiya sohasidagi 97 nafar firibgarni Xitoyga topshirdi  

Malayziya huquq-tartibot muassasalari xodimlari Xitoy maxsus xizmatlari bilan birga Xitoyga telekommunikatsiya sohasida jinoyatchilik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 97 nafar odamni jo‘natdi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Malayziya va Xitoy politsiyalari Xitoy aholisi ziyon ko‘rgan telekommunikatsiyalar sohasidagi firibgarlikning 5 epizodi bo‘yicha birgalikda tergov olib borishdi. Tergov davomida 117 kishi hibsga olindi, ulardan 65 nafari Xitoy fuqarolari bo‘lib, 52 nafari esa Tayvan orolida ro‘yxatga olingan.

Ta'kidlanishicha, 97 nafar gumonlanuvchi Xitoy talabi bilan Malayziyadan Xitoyga topshirilgan.

Top