10:51 / 30.04.2016
8255

OAV: NATO mamlakatlari Rossiya chegarasi yaqinida 4 ming harbiy joylashtirishga tayyorlanmoqda

NATOning g‘arbiy ittifoqchilari Rossiya chegarasi yaqinida to‘rt ming harbiydan iborat harbiylar batalonini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Boltiqbo‘yi davlatlariga AQShning ikkita, Germaniya va Buyuk Britaniyaning bittadan bataloni joylashtiriladi.

AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Robert Uorkning ta'kidlashicha, NATO Boltiqbo‘yi davlatlaridagi harbiylari sonini oshirishni rejalashtirgan.

Top