16:13 / 30.04.2016
2346

Tailand TIV maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

2016 yilning 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 2017 2018-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining nodoimiy a'zoligiga Tailand nomzodligini saylash masalasi bo‘yicha Tailand Qirolligi tashqi ishlar vazirining Maxsus vakili Chalermpol Tanchitt boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Top