13:44 / 30.04.2016
14791

«Ucell- Quvonch Makoni» - shodlik hududi kengaymoqda!

«Ucell- Quvonch Makoni» loyihasi doirasidagi bolalar maydonchalari farzandlarimizning o‘yin va dam olish uchun sevimli joylariga aylanmoqda. Bugun Namangan shahri bolalari zamonaviy o‘yin anjomlaridan iborat shunday maydonchada miriqib xordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bugungi kunda Ucell kompaniyasi Namangan viloyatida abonentlar soni bo‘yicha yetakchi operator hisoblanadi. Aholiga aloqa xizmatlarini taqdim etish bilan bir qatorda, kompaniya ko‘plab yo‘nalishlarda ijtimoiy faoliyatni ham amalga oshiradi. Ta'lim, sog‘liqni saqlash, sportni rivojlantirish kabi sohalar shular jumlasidandir.
Jajjilar haqidagi g‘amxo‘rlik va bolalar uchun haqiqiy bayram uyushtirish istagi navbatdagi bolalar maydonchasining Namangan shahrida ochilishiga asos bo‘ldi. Quvnoq animatorlar, baxtli bolalar, quvonch og‘ushidagi ota-onalar kunning asosiy kaxramonlariga aylandilar. Marosimda xokimiyat, maxalla vakillari va Namangan viloyatining yetakchi OAVlari ishtirok etdilar. #1, #11 musiqa maktablari iste'dodli o‘quvchilarining chiqishlari bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Rodika Verbenyuk, Ucell korporativ kommunikatsiyalar bo‘ycha direktori:

«Quvonch makoni xaritasi tobora kengaymoqda va «Ucell- Quvonch Makoni» loyihasi doirasida o‘n bitta maydoncha yosh do‘stlarimiz uchun eshiklarini ochdi. Bu tabassum va zavqni ko‘rish quvonchli, bular bizni farzandlar va jamiyat uchun xizmat qiladigan yangi loyihalarga ilhomlantiradi. Xususan, ushbu tashabbus bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlgan va uni amalga oshirish borasida biz bilan birga ishlagan insonlar tufayli muvaffaqiyatli bo‘ldi. Bizning bu boradagi rejalarimiz ko‘p, kompaniya hayrli tashabbuslari bilan mamlakat ahlini quvontirishda davom etadi»

Bolalar maydonchasining qulayligi uzoqdan ko‘zga tashlanadi. Turli yosh toifalariga mos keladigan rang-barang o‘yin anjomlari ko‘zni quvontiradi. Ular uylar yaqinida joylashgan va shu boisdan bolalarni hovliga xavotirlanmay chiqarish mumkin. Ushbu ijtimoiy loyihani amalga oshirish jarayonida Kompaniya bolalarning xavfsizligi, himoyalanganligi va faol dam olishiga katta e'tibor qaratadi. Maydoncha joyini tanlash va uni qurish paytida, o‘yin hamda sport anjomlarini o‘rnatishda ham aynan shu omilga alohida ahamiyat berildi.
Navbatdagi obektlar Surxandaryo viloyati va Toshkent shahrida quriladi.

Batafsil ma'lumot olish uchun Ucell Korporativ Kommunikatsiyalar Departamentiga murojaat qiling: UmidaZiyamova, + 99893 559 01 42, Umida.ziyamova@ucell.uz , shuningdek www.ucell.uz saytiga. Ucell ijtimoiy tarmoqlarda: Facebook, Odnoklassniki, Twitter.

Reklama huquqlari asosida.

Top