14:09 / 30.04.2016
9914

O‘zbekistonda yangi diniy-ma'rifiy media-sayt ishga tushirildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz veb portali tizimida mp3muslim.uz nomli diniy-ma'rifiy media-sayt ishga tushirildi. Unda O‘zbekistondagi taniqli ulamolarning mav'izalari, dunyodagi mashhur qorilarning Qur'oni karim tilovatlari va voizlarning audio rivoyatlari, salavotlari joylashtirilgan.

Toshkent shahridagi “Hazrati Ali” jome' masjidi imom xatibi Salohiddin Abdug‘affor o‘g‘li, Buxoro shahridagi “Xo‘ja Tabband” jome' masjidi imom xatibi Azizxo‘ja Xayrulloh o‘g‘li va Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome' masjidi imom xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining ma'ruzalari kiritilgan.

Yaqin kunlarda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh, Shayx Abdulaziz Mansur, muftiy Usmonxon Alimov, “Minor” jome' masjidi imom xatibi Anvar qori Tursunov, “To‘xtaboy” jome' masjidi imom xatibi Ishoq Muhammad, “Mirza Yusuf” jome' masjidi imom xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov, “Xo‘ja Alambardor” jome' masjidi imom xatibi Rahimberdi Rahmonov ma'ruzalari ham kiritilishi rejalashtirilgan.

Saytning Qur'oni karim bo‘limiga jahonga mashhur qoridan Xalil Husoriy, Tavfiq ibn Said, Abdurahmon Sudays, Abu Bakr Shatriy, Mohir al-Muayqili qiroatlari to‘liq shaklda joylashtirilgan. Tinglovchilarga qulaylik bo‘lishi uchun saytda bo‘limlar, mavzular, mualliflar bo‘yicha izlash tizimi mavjud.
Sayt TAS-IX tarmog‘ida faoliyat yuritadi.

Top