00:00 / 30.04.2016
9486

O‘zbekistondagi qo‘riqxona YuNeSKOning geobog‘lar butunjahon tarmog‘iga kiritilishi mumkin

O‘zbekistonning janubida joylashgan Kitob davlat geologik ko‘riqxonasi  YuNeSKOning geobog‘lar butunjahon tarmog‘iga kiritilishi mumkin, deb ma'lum qildi 29 aprelda "O‘zbekturizm" MK matbuot xizmati. Bu haqda Sputnik nashri xabar bermoqda

Kitob qo‘riqxonasining YuNeSKO butunjahon tarmog‘iga kiritilishi masalasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumanda muhokama qilindi. "O‘zbekturizm" matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, anjumanda O‘zbekistonning davlat muassasalari, YuNeSKO vakillari, olimlar hamda sayyohlik hamjamiyati vakillari ishtirok etgailar.

"Qo‘riqxona tarmoqqa kiritiladigan bo‘lsa yurtimizga tashrif buyuruvchilar soni ancha o‘sishiga umid qilsa bo‘ladi, chunki YuNeSKO ro‘yxati obekt eng yuqori darajadagi sifat sertifikatiga ega ekanligini taqdiqlaydi", deyilmoqda xabarda. Bu qo‘riqxona YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistondagi birinchi geobog‘dir.

"O‘zbekturizm" ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududi 1 mlrd yildan ko‘proq vaqt davomida turli geologik jarayonlar va hodisalar natijasida shakllangan.   

Kitob geografik qo‘riqxonasi Zarafshon tizmasida joylashgan va unga 1979 yilda asos solingan. 4 ming gektar maydonda paleontologik va biologik muzeylar joylashgan, ularda qazilma faunaning turli guruhlarining noyob kolleksiyalari saqlanadi.

Ayni kunda geobog‘lar butunjahon tarmog‘i 33 ta davlatdagi 120 ta bog‘ni o‘z ichiga oladi. YuNeSKO boshchiligida bu tarmoq geologik meros sohasida mutaxassislar va amaliyotchilar o‘rtasidagi hamkorlik va almashuvlarga asos bo‘ladi.

Top