Ukrainaning sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 14 aprel, ya`ni o'z lavozimini tark etgan kunidan buyon ilk marta jamoatchilik oldida ko'rinish berdi.

U o'zining feysbukdagi sahifasiga o'z oilasi bilan birga Kiyevga Pasxa bayramini nishonlash uchun yo'l olganida tushirilgan suratlarni joylashtirgan.

Eslatib o'tamiz, Arseniy Yatsenyuk Ukraina bosh vaziri lavozimidan ketishini ma`lum qildi. 14 aprel kuni Oliy Rada parlament spikeri Vladimir Groysman boshchiligidagi yangi hukumat tuzilganini tasdiqladi.

Bundan oldinroq, Ukrainadagi nashrlar u iste`foga chiqqan kundan beri ko'rinish bermagani, balki chet mamlakatga, masalan Argentinaga qochib ketgan bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Biroq, uning matbuot kotibi Olga Lappo bu xabarlarni inkor qilgan.