09:55 / 01.05.2016
3938

«Bazel» qatorasiga 7-marta Shveytsariya chempioniga aylandi

Shveytsariya chempionatining 31-turida «Bazel» «Son»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi.

Mavsum yakuniga 5 tur qolganida «Bazel» 76 ochko to‘pladi va eng yaqin ta'qibchisi «Yang Boyz»ni 16 ochkoga ortda qoldirib ketdi.

Shu tariqa, «Bazel» qatorasiga 7-marta, o‘z tarixida esa 19-marta Shveytsariya chempioniga aylandi.

Mavzuga oid
Top