22:33 / 01.05.2016
3283

Niko Rosberg "Formula-1"ning Rossiya Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

"Formula-1"ning "Mersedes" jamoasi poygachisi Niko Rosberg Sochida bo‘lib o‘tgan Rossii Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi. 2-o‘rinni uning jamoadoshi, amaldagi chempion Lyuis Xemilton, 3-o‘rinni esa "Ferrari" a'zosi Kimi Raykkonen egalladi.

Rossiyalik Daniil Kvyat poyga boshida Sebastyan Fettel bilan to‘qnashgani uchun jarima oldi va marraga 15- bo‘lib keldi. Karlos Sayns marraga 11- bo‘lib keldi, biroq jarimadan keyin 12-o‘ringa tushdi.

Rosberg shu g‘alabasi evaziga mavsumdagi ilk 4 ta poygada 4 ta g‘alabaga erishdi va o‘tgan yilning oxirida qo‘lga kiritgan 3 ta g‘alabasi bilan jami ketma-ket 7-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Formula-1. Rossiya Gran-prisi. Poyga

1. Niko Rosberg ("Mersedes")
2. Lyuis Xemilton ("Mersedes") +25.022
3. Kimi Raykkonen ("Ferrari") +31.998
4. Valtteri Bottas ("Uilyams") +50.217
5. Felipe Massa ("Uilyams") +1:14.427
6. Fernando Alonso ("Maklaren") +1 davra
7. Kevin Magnussen ("Reno") +1 davra
8. Romen Grojan ("Xaas") +1 davra
9. Serxio Peres ("Fors Indiya") +1 davra
10. Jyenson Batton ("Maklaren") +1 davra
11. Karlos Sayns ("Toro Rosso") +1 davra
12. Daniel Rikkardo ("Red Bull") +1 davra
13. Jolion Palmer ("Reno") +1 davra
14. Markus Eriksson ("Zauber") +1 davra 
15. Daniil Kvyat ("Red Bull") +1 davra
16. Felipe Nasr ("Zauber") +1 davra
17. Esteban Guterres ("Xaas") +1 davra
18. Paskal Verlyayn ("Manor") +2 davra
19. Maks Ferstappen ("Toro Rosso") — marraga yetib kelmadi
20. Niko Xyulkenberg ("Fors Indiya") — marraga yetib kelmadi
21. Sebastyan Fettel ("Ferrari") — marraga yetib kelmadi
22. Rio Xarianto ("Manor") — marraga yetib kelmadi

Top