09:50 / 01.05.2016
4059

Rossiya patriarxi Kirill Putinga Pasxa munosabati bilan dekorativ pasxa tuxumlarini sovg‘a qildi

Butun Rus va Moskva patriarxi Kirill Haloskor Masih ibodatxonasida (xram Xrista Spasitelya) Pasxa bayrami munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga dekorativ pasxa tuxumlarini sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda "Izvestiya" gazetasi.

Pasxa bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan ibodatda Vladimir Putin, bosh vazir Dmitriy Medvedev rafiqasi Svetlana bilan hamda Moskva meri Sergey Sobyanin ishtirok etdi.

Pasxani nishonlash an'analariga ko‘ra, yarimtundan keyin patriarx va mamlakatning birinchi shaxslari bir-birlariga pasxa sovg‘alari tuhfa qilishdi.

Patriarx Kirill joriy Pasxada Vladimir Putinga Muqaddas Masih jonlanishi xotirasiga rossiyalik pravoslav zargarlar yaratgan dekorativ pasxa tuxumini berishga qaror qildi.

Pravoslav nasroniylar 1 mayda bosh nasroniy bayrami Pasxani nishonlashmoqda. Barcha pravoslav ibodatxonalarida Pasxa kechasi bayram ibodatlari bo‘lib o‘tdi.

Top